AyTi sohasi faqat Frontenddan tashkil topmagan!

2023 May 04, 10:45 • Xursand Amir-Temirov (@xursandev)

Dasturlash faqat HTMLdan iborat emas!

AyTi sohasiga endi qadam bosib kelayotganlarni hammasi birinchi HTMLdan o‘rganishni boshlaydi. Sababi oson bo‘lganligi uchun.

Lekin ko‘pchilik faqat Veb dasturlash bor deb o‘ylaydi. Aslida juda ham ko‘p yo‘nalishlar mavjud.

HTML haqida oddiy insondan so‘rasangiz ham biladi dasturchi bo‘lmasa ham. Siz ulardan ko'pro narsani bilishingiz kerak.

Biron bir yo'nalishni o'qidingiz sizga to'g'ri kelmadi. Hechqisi yo'q bu muvaffaqiyatsiz tajriba bo'ldi. Boshqa yo'nalishni o'rganib ko'ring. Tez o'rganasiz va tajribangiz bo'ladi sababi orqada ko'ringiz qanday xatoliklarga yo'l qo'yganligingizni.

Qaysi sohada zo‘r bo‘lib ketishingizni sizga hech kim ayta olmaydi. O'quv markazlarda ham faqat shu yo'nalishlar bor. Sababi boshqa yo'nalishda ham kurslar ocha olishadi lekin uning uchun kerakli mutaxasis yo'q.

Boshqa yo‘nalishlarga ham bir qiziqib ko‘ring. Google'ga yozasiz "IT professions list" desangiz hammasi chiqib keladi. YouTubedan ko'ring bu sohalarda qanday ishlab olib borilyabdi.

Frontend yo‘nalishida ishga kirish ham qiyinlashib ketyabdi. Sababi hamma o‘rganyabdi. Siz boshqalardan ajralib turishingiz uchun qo‘shimcha ko‘p texnologiya o‘rganishingiz kerak.

Lekin bir narsa yodingizdan chiqmasin. Qaysidir bilimni o‘rganishga qaror qildingizmi. Bo‘ldi oxirigacha o‘rganib tugatib qo‘ying yoki butunlay voj keching. O'zingizga yoqadigan sohani topasiz degan umiddaman.

523 marta ko'rildi
Xursand Amir-Temirov - uzbekdevs photo

Xursand Amir-Temirov

@xursandev

Telegram Post

@uzbekdevs
“uzbekdevs.uz” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat manba ko'rsatilishi orqali amalga oshirilishi mumkin.
© UzbekDevs