ChatGPT bizga kerakmi?

2023 May 01, 11:10 • Xursand Amir-Temirov (@xursandev)

Shu paytgacha o‘zimiz amallab keldik, chatgptsiz ham amallaymiz deyishingiz mumkin.

ChatGPTni imkoniyatlarini ko‘ryapmiz. Yuqori darajada toza chiroyli kodlarni va dokumentatsiyalarni yozib bermoqda. Bu ishni biz ham qila olamiz deb ayta olasiz to‘g‘ri. Lekin bu ChatGPTni rad etish degani emas.

Katta senior dasturchilarni o‘zi chatgptdan foydalanishyabdi. Siz nimaga foydalanmasligingiz kerak. Akkauntingiz yo‘qligi bu bir bahona siz foydalanishni istamayapsiz. Boshqalar amallab topib ishlatyabdi.

Virtual chet el raqamlarini sotadigan saytlar bor. Bitta kofeni narxi bilan teng. Bir marta sotib olib chatgptdan ro‘yxatdan o‘tib olsangiz bo‘ldi keyin kerak emas.

Ingliz tilini bilgan dasturchi bilan bilmagan dasturchini orasida farq bo‘lganlikdek. ChatGPTni bilgan va bilmaganni o‘rtasida farq bo‘ladi. Ishga kirganingizda ham sizdan foydalanishni bilasanmi deb so‘raydi.

Ho‘p, qanday nima maqsadda foydalanamiz deb so‘rashingiz mumkin. Dasturlash tilini o‘rganishda foydalanishingiz, kodingizda kelib chiqqan BUG(xatoliklarni) topishda va dokumentatsiya tuzishda ham qo‘l keladi.

O‘zingizni g‘oyalaringiz bilan o‘rtoqlashishga gaplashishga juda ham zo‘r sunʼiy intellekt. Bu faqat foydangizga ishlaydi. Har qanday savol test bo'ladimi ishlab beradi.

Foydalanishda ingliz tilida yozganing maʼqul. Sababi ingliz tilida sifatli va xatosiz yozadi. Qo‘rqmang ishingizni tortib olmaydi, faqat sizga yordamchi bo‘ladi.


503 marta ko'rildi
Xursand Amir-Temirov - uzbekdevs photo

Xursand Amir-Temirov

@xursandev

Telegram Post

@uzbekdevs
“uzbekdevs.uz” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat manba ko'rsatilishi orqali amalga oshirilishi mumkin.
© UzbekDevs