Dasturlash tili Tanlash. Qaysidan boshlashim kerak!?

2023 Mar 24, 13:00 • Farrukh Sherkulov (@mastersherkulov)

Assalomu Alaykum bo'lajak dasturchi bugungi kunda qaysi dasturlash tilini tashlash buyicha ko'p ikkilanishlarga duch kelayotganingiz ajab emas! Dasturlash tilini tanlashdan oldin maqsadingizni tushunib yetishingiz zarur bo'ladi. Hozirgi kunda biz hohlagan dasturlash yunalishida ma'lumotlar talaygina. Bu maqolani yozishimdan maqsad siz dasturchilarga ozgina bo'lsa ham yo'nalish berish maqsadidaman!

Siz Dasturlashni bilasizmi!?

Agar siz biror bir dasturlash tilini bilsangiz unda boshqa dasturlash tiliga o'tmasdan shu dasturlash tilini yaxshigina o'rganing chunki barcha dasturlash tili o'zagi bir xil hisoblanadi. Misol uchun siz C++ dasturlash tilini bilasiz lekin ko'pchilik Python dasturlash tilini maqtayabdi, shunda siz shoshilib Python dasturlash tilini o'rganishga kirishib ketmang. Chunki yuqorida aytib o'tganimdek barcha dasturlash tillarini o'zagi bir xil hisoblanadi. Siz o'zingiz biladigan yoki misol tariqasida keltirib o'tilgan C++ dasturlash tilini kamida project(dastur) tuzadigan darajaga olib borib bir necha loyihalarni amalga oshirib o'z tajribangizni oshiringiz zarur bo'ladi. Demak hulosa qilib aytganimda siz oldin dasturlash tillariga qiziqib u dasturlash tilidan bu dasturlash tiliga o'tishni to'xtatib bir dasturlash tilini ishlang va shu bo'yicha oxiriga borishga harakat qiling. Keyin tajribangiz oshganidan so'ng vaziyatga qarab dasturlash tillari bo'yicha ishlab borasiz!

Siz Dasturlash tilini Bilmaysizmi?

Agar siz dasturlash tilini bilmasangiz bu muammo emas. Dasturlash tilini tanlamoqchi bo'lsangiz unga ozgina shoshmang turing. Siz avval qaysi yo'nalishga kirmoqchiligizni bilib oling. Misol uchun MobileDesktop dasturlar tuzish uchun JavaC++Kotlin. Agar siz Server dasturlar va web saytlar ishlab chiqmoqchi bo'lsangiz PHPPython kabi dasturlash tillarini o'rganishdan boshlashingiz zarur hisoblanadi.

"Unutmang yuqorida keltirilgan dasturlash tillarini barchasini o'rganishga kirishmang. Ular orasida o'zingizga ma'qul keladigan dasturlash tilini tanlab olib shu dasturlash tilini mukammal o'rganishga harakat qiling." - MasterSherkulov
375 marta ko'rildi
Farrukh Sherkulov - uzbekdevs photo

Farrukh Sherkulov

@mastersherkulov

Telegram Post

@uzbekdevs
“uzbekdevs.uz” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat manba ko'rsatilishi orqali amalga oshirilishi mumkin.
© UzbekDevs