Google Adsense dan xat keldi, Adsense nima? Adsense dan xat kelmasligi.

2022 Noy 11, 10:19 • Farrukh Sherkulov (@mastersherkulov)

Assalomu alaykum hurmatli o'quvchilar! Kuni kecha google dan xat keldi ya'ni google adsense xatini qo'lga oldim. Sizga buni kengroq yoritishga harakat qilaman.

Google Adsense nima?

Adsense google kompaniyasini dasturiy mahsuloti bo'lib bu mahsulot yordamida siz Google platformalarida yoki o'zingiz website ochib daromad qilsangiz bo'ladi. Menda YouTube kanalim bo'lsada lekin uni yuritish uchun vaqt yetmaganligi sababli men faqat websaytlar orqali daromad topaman. Google siz yaratgan websaytlarga reklama joylashtirib va shu joylashtirilgan reklamalardan sizga ulush taqdim etadi.

Google Adsense xat nima?

Google kompaniyasi orqali sizning shaxsingizni va manzilingizni tastiqlash uchun yuboradigan qog'oz shakldagi xat. Uning ko'rinishi katta bo'lsada ichida faqat olti xonali son bo'ladi. To'g'ri sizga bu qiziqtirmasligi mumkin lekin Adsense accountingizda uzoq vaqt manzilingizni tastiqlamasangiz sizning adsense accountingiz vaqtincha ish faoliyatini to'xtatadi ya'ni sizning websaytlaringizda reklama ko'rinmaydi.

Google Adsense xati nima uchun kelmaydi?

Dasturlash jarayonida xabaringiz bor ingliz tilini ko'p qo'llaymiz. Shu sabab men google adsense tastiqlash xatini olishda manzilni ingliz tilida yozgan edim afsus 2 yoki 3 marta urindim kelmadi ancha vaqt ketdi. Keyin sabablarini qidirib boshladim internetda shunday xizmatlar bor ekan Google Adsense dan xat olib kelib beramiz degan. Bunday xizmat bir nozik tarafi bor ekan sizga o'rgatish emas shunchaki google login parolizni so'rar ekan shunda man jinni bo'lib qolay dedim qanday qilib sizga login parolimni beraman dedim🤨. Keyin birdan o'ylanib qoldim man ingliz tilidan xabarim bo'lishi mumkin lekin pochtadagilarchi dedim😁 Shunda o'zbek tilida manzil yozdim ishonmaysiz 20 kun atrofida keldi👍👍 beecoder.org dll-box.com technofam.com va boshqa saytlar bor.

563 marta ko'rildi
Farrukh Sherkulov - uzbekdevs photo

Farrukh Sherkulov

@mastersherkulov

Telegram Post

@uzbekdevs
“uzbekdevs.uz” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat manba ko'rsatilishi orqali amalga oshirilishi mumkin.
© UzbekDevs