NFT bu o'zgartirib bo'lmaydigan token. Shuningdek raqamli san'at asarlarini va boshqa kollektsiyalarni blokcheynda savdo qilish oson bo'lgan yagona, tekshiriladigan aktivlarga aylantiriladi. Raqamli aktiv (buyum) – blockchain texnologiyasi asosida ishlaydigan, musiqa, san’at asarlar va o’yinlar kabi yig’ish imkoniga ega tokenlardir. Ya'na bir imkoniyati uni soxtalashtirish yoki boshqa yo'l bilan o'zgartirish mumkin emas.
NFT qanday ishlaydi?
NFTlarning aksariyati Ethereum kriptovalyutasi blokcheynida, tranzaktsiyalarni qayd qiluvchi sifatida joylashgan. Ularda saqlangan qimmatli ma'lumotlarga ega individual tokenlar. Yana ular har biri raqamli imzoga ega, bu NFTlarni bir-biriga tenglashtirishni imkonsiz qiladi.Talab va taklif hisobiga bozorda uning narxi bor bo’lgani uchun uni oddiy buyumlardek sotish yoki xarid qilish mumkin.
NFTni tuzish va sotish
Har kim GIF, tweet, raqamli san'at asari, virtual ko'chmas mulk ko'rinishida o'z NFTsini tuzaolishi mumkin. Keyin esa uni maxsus marketplacelarga joylab, sotishingiz mumkin. Opensea.io eng ommaviy savdo platformalaridan biri. NFTning yagona ma’lumotga egaligi unining haqiqiyligini aniqlash va egasini tasdiqlash va o’zaro shaxslar o’rtasida almashishni osonlashtiradi.
NFTni nima uchun ishlatiladi?
Siz NFTni sarmoya turi sifatida ishlatishingiz yoki rassomlar, kontent makerlar o'z mahsulotlarini monentizatsiya qilishlari mumkin.
Shu paytgacha sotilgan eng qimmat 7 ta NFT
- Pak’s ‘The Merge’ — $91.8 million
- Everydays: the First 5000 Days — $69.3 million
- Clock — $52.7 million
- Beeple’s HUMAN ONE — $28.985 million
- CryptoPunk #5822 — $23.7 miilion
- CryptoPunk #7523 — $11.75 million
- CryptoPunk #4156 — $10.26 million
Endi diplomlar ham NFT ko’rinishga o’tadi!
— Janubiy Koreyaning Sungkyunkvan universiteti kriptoaktivlar formatida rasmiy hujjatlarni chiqarishni boshlagan birinchi universitet bo’ldi.
— Universitet vakillari NFT ko'rinishidagi diplomlar 3 ta muhim afzalliklarga ega ekanligini ta'kidladilar:
- Ularni yo'qotish qiyin;
- Hujjatni qalbakilashtirish mumkin emas;
- Tokenlashtirilgan sertifikat o'qishni tugatganligining rasmiy dalili sifatida ishlaydi.