Qanday qilib uzbekdevs da maqola joylasa bo'ladi?

2022 Apr 04, 10:12 • Uzbek Developers (@uzbekdevs)

Assalomu alaykum hurmatli AT(axborot texnologiya) sahosiga kirib kelayotgan va saho egalari, ushbu maqolaga qiziqish bildirganingizdan hursandman uzbekdevs saytiga o'z maqolangizni joylashtirish uchun siz tasdiqlangan mijoz darajasida bo'lishingiz zarur bo'ladi.

Ushbu tasdiqlangan mijozni olishingiz uchun quyidagi qoidalarga rioya qilishingiz zarur bo'ladi:

  1. O'z shaxsingizni tastiqlaydigan fotosuratni profilingizga yuklashinigz zarur
  2. To'liq ism familiyangizni kiritishingiz zarur (Passport bilan mutonosib)

Tasdiqlangan foydalanuvchi darajasini olish uchun "Sozlamalar" menyusiga o'tib "Tasdiqlanganlik" bo'limiga o'tasiz va kerakli so'ralgan ma'lumotlarni to'ldirib yuborish tugmasini bosasiz va tasdiqlanganlik darajasini olish uchun bir muncha vaqt kutasiz. Odatda tasdiqlangan foydalanuvchi maqomini olishingiz uchun natijani 1 kundan 7 kungacha ba'zi hollarda bundan ortiqroq vaqt ketishi mumkin.

Unutmang!!! Tasdiqlanganlik maqomini olishingiz uchun o'zingizni shaxsingizni tastiqlaydigan ma'lumotlar bilan to'ldirib va shaxsingizni tastiqlaydigan hujjat biriktirishingiz so'raladi. (Shaxsiy ma'lumotlaringiz va hujjatlaringiz sir saqlanadi)

Tasdiqlangan foydalanuvchi maqomini olish tartibi quyidagi maqsadlarga yo'naltirilgan hisoblanadi.

  • Savollar joylashtirish
  • Kurs joylashtirish
  • Maqola joylashtirish
  • Ish E'lon joylashtirish
Tasdiqlangan foydalanuvchi maqomini olgan foydalanuvchilar joylashtirgan ma'lumotlari tastiqlash uchun moderatorlarga va administratorlarga jo'natilmaydi. Barcha joylashtirgan ma'lumotlar mas'ulyati tasdiqlangan foydalanuvchining zimmasida bo'ladi va tasdiqlangan foydalanuvchi erkinlikka erishadi.

Tasdiqlangan foydalanuvchi maqomini olganlikni aniqlash uchun "Sozlamalar" menyusida "Tasdiqlanganlik" bo'limida quyidagicha yozuv chiqadi.

634 marta ko'rildi
Uzbek Developers - uzbekdevs photo

Uzbek Developers

@uzbekdevs

Telegram Post

@uzbekdevs
“uzbekdevs.uz” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat manba ko'rsatilishi orqali amalga oshirilishi mumkin.
© UzbekDevs