Hozirda aksariyat foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqlarda faol hisoblanadi. Bu juda yaxshi ammo buning ortidan sizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifangizni qandaydir(hackerlar) shaxslar tamonidan buzilishi mumkinligi haqida etiborizdan chetda qoldirmang.
Agar sizning sahifangiz buzilsa nima bo'ladi?
- Sizning shaxsingizdan ijtimoiy tarmoqdan foydalanishi.
- Tanishlaringiz orasida sizning obruyingizni tushurishi
- Turli xil kanal yoki guruhlarda sizning nomingizdan post joylahtirishi.
- Eng yaqin tanishlarizga buzg'unchi havola jo'natish.
- O'z hohlamasdan jinoyatchiga ham aylanib qolishiz mumkinligi.
Eslatma: Sizning yaqin tanishingiz ijtimoiy tarmoqlardan birida mashxur kampaniyalardan biri aksiya qilyabdi deb xabar yozadi, bu havola bilan o'tsangiz o'sha kompaniya huddi o'zi ishlab chiqgandek sahifa ko'rinadi bu holatga aldanmang!!!
Xavfsizlik uchun tavfsiyalar.
- Tizimga kirish uchun bir xil simbollardan foydalanmang, masalan faqat katta harf yoki faqat kichik harf, iloji boricha turli xil symbol turlaridan foydalaning. Kalit so'zi yaratib ko'rish uchun freecamp.dev da ko'rsangiz bo'ladi.
- Ikkinchi darajali tekshirish tasdiqlash kodidan foydalaning (Two-Factor Authentication) bunda siz Google Authentication, Yandex Keys va boshqa 2FA dasturlaridan foydalaning.
- Telefon raqamiga tasdiqlash kodi oladigan va shu tasdiqlash kodi bilan tizimga kiradigan qilib sozlang. (bu sozlash sizga sms kelishi sizdan pul talab qilinmaydi deyarli barchasida)
- Oxirida o'zingizni biron bir kalit so'zdan foydalaning. bu kalit so'zi qanchalar murakkab bo'lsa sizning xavfsizligingizni shunchalar kafolatlaydi.
O'z parolingiz qanchalar xavfsiz ekanligini tekshirish uchun quyidagi havola orqali ko'rsangiz bo'ladi (Password Checker). Bu yerda bir prossessor patogiga nisbatan hisoblangan.
havola: freecamp.dev