APPLE $2 milliardlik da'voga qarshi kurashmoqda

2023 May 03, 21:55 • Husanboy Abdullayev (@husayn)

Apple kompaniyasi London sudidan nosoz iPhone batareyalarini dasturiy ta'minot yangilanishidan foydalanib, ularni sekinlashtirish orqali yashirganliklari haqidagi 2 milliard dollarlik da'voning oldini olishni so'ramoqda.

Texnologiya giganti Buyuk Britaniyadagi iPhone foydalanuvchilari nomidan iste'molchi Jastin Gutman tomonidan qo'zg'atilgan 1,6 milliard funt sterlinggacha bo'lgan da'voga duch kelmoqda.

Gutmanning advokatlari sud hujjatlarida Apple ba'zi telefon modellarida batareyalar bilan bog'liq muammolarni yashirganligi va unumdorlikni cheklovchi quvvatni boshqarish vositasini "yashirincha" o'rnatganini ta'kidladi.

Apple yozma dalillarda da'voning "asossiz" va iPhone batareyalari nuqsonli ekanligini qat'iyan rad etdi. Iphone 6'sning ba'zi modellari bundan mustasno va ularni almashtirib berilishini taklif qildi.

341 marta ko'rildi

Telegram Post

@uzbekdevs
“uzbekdevs.uz” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat manba ko'rsatilishi orqali amalga oshirilishi mumkin.
© UzbekDevs