Muhammad Al-Xorazmiy Nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Urganch Filiali rasmiy vebsaytida e'lon berishicha. Yoshlarning istiqbolli va startup loyihalarini ichki va xorijiy bozorga chiqishga ko'maklashish, ularning startup loyihalarini yanada qo'llab quvvatlash shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-sonli qarori hamda viloyat hokimining 2023-yil 9-yanvardagi 12-sonli yig'ilish bayoniga muvofiq IT ta'lim xizmatlarini ko'rsatish, yoshlarnining dasturiy mahsulot ishlab chiqishi hamda eksportga yo'naltirish bo'yicha startup loyihalarni qo'llab quvvatlash maqsadida "Hokim granti" ni ajratish yo'lga qo'yildi.