IT-park rasmiy saytida xabar berishicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 297-sonli (“IT-Park University” raqamli universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi) qaroriga muvofiq mamlakatimizda IT Park University ilk onlayn oliy ta’lim muassasasi tashkil etilmoqda.
Ushbu yangicha formatdagi oliygohning asoschilari IT Park va “EPAM Systems” kompaniyasi hisoblanadi. Ta’lim jarayoni quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha amalga oshiriladi:
- Web Developer
- Networks Engineer
- Software Tester
- Backend Developer (Java)
- Mobile Developer (Android)
- Front-End Developer
- QA Engineer
- Big Data Engineer2022
Ham uydan turib, ham poytaxtda yoki IT Parkning viloyat ofislarida ta’lim olish imkoniyati mavjud. Bakalavriat bo‘yicha oʻqish muddati 3 yil. Ta’lim asosan ingliz tilida olib boriladi. Abiturientlar o‘qishga qabul qilinish uchun xalqaro IELTS (minimal ball 4.5) yoki TOEFL (minimal ball 34) boʻyicha amaldagi sertifikatlarni taqdim etishi yoki IT Park filiallaridan birida roʻyxatdan oʻtib imtihon topshirishi zarur. Ingliz tilini bilish darajasi Intermediate ("CEFR B1") dan past bo‘lmasligi lozim.
IT-Park Universiteti kirish imtihonlari 2022-yil 25-iyundan boshlanadi.
Manba: https://it-park.uz/uz/itpark/news/o-zbekistonda-yangi-it-park-university-onlayn-universiteti-tashkil-etilmoqda