Har kuni $700 000! Kamida!
Biz esa uni bepul ishlatish yo’llarini tinmay qidiramiz. Shaxsiy fikrim bo’yicha, O’zbekistonda har bir IT-mahsulot (dastur, o’yin) va san’at asari (kino, musiqa, va hokazo) uchun to’lash odatini rivojlantirish kerak, chunki aslida ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun odamlar juda ko’p mehnat qilgan. Afsuski, MDH davlatlarida esa kiberqaroqchilik rivojlangani uchun, odamlar shu kabi mahsulotlarni bepul ishlatgani o’rganib qolgan ☠️