President Tech Award jamoasi bilan o'tqazilishi rejalashtirilgan jonli efir

2023 May 05, 14:28 ‱ Asadbek G'aniyev (@asadbekdev)

President Tech Award jamoasi bilan instagramda jonli efir bo'lib o'tadi.

1 mln dollar mukofot jamg'armasini qanday qo'lga kiritishni hamda qayerga ariza topshirishni bilmayapsizmi? Unda ushbu jonli efirda albatta ishtirok eting va savollaringizga to'liq javob oling!

Jonli efir bugun soat 17:00 da IT Parkning rasmiy instagram sahifasida (đŸ“±@itpark_uz ) President Tech Award jamoasi ishtirokida bo'lib o'tadi.

“President Tech Award” – raqamli texnologiyalar sohasidagi eng ilg‘or startap loyihalarini e’tirof etuvchi tanlov. U maxsus yo‘nalish (“Gran Prix Hackathon”: 72 soat ichida raqamli yechim yaratishni nazarda tutadi) va asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga oladi. U quyidagi toifalarni ko‘zda tutadi:

  • sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalar;
  • ijtimoiy sohadagi raqamli texnologiyalar;
  • axborot va kiberxavfsizlik sohasidagi texnologiyalar;
  • tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar;
  • kompyuter va mobil o‘yinlar.

Manba: http://awards.gov.uz

360 marta ko'rildi

Telegram Post

@uzbekdevs
“uzbekdevs.uz” saytida eÊŒlon qilingan materiallardan nusxa koÊ»chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat manba ko'rsatilishi orqali amalga oshirilishi mumkin.
© UzbekDevs