Samsung ofislarida sun'iy intellektli chatlardan foydalanish taqiqlandi

2023 May 03, 09:55 • Husanboy Abdullayev (@husayn)

Samsung xodimlariga generativ AI vositalaridan foydalanishni cheklab qo'ydi, bu esa ish joyida ChatGPT va boshqa chatbotlarning foydalanilishiga chek qo'ydi. Brend nozik ma'lumotlarning sizib chiqishidan jiddiy xavotirda va bu uning ofislarida sodir bo'lishining oldini olishni xohlaydi. Kompaniya barcha xodimlarni eslatma orqali yangi siyosat haqida xabardor qildi.

Texnologiya giganti sun'iy intellektdan noto'g'ri foydalanish holatlari sodir bo'lganidan so'ng, Aprel oyi oxirida shunday qarorga kelgan va CNBC'ga bu xabarni tasdiqlagan.

Seshanba kuni BBC'ning xabar berishicha, ba'zi xodimlar kompanining maxfiy kodlarini ChatGPT'ga yuklashgan.

Samsung kompaniyasi hozircha o'zining sun'iy intellektli chatbotiga ega emas. ChatGPT Microsoft tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan OpenAI kompanisaga tegishli.

394 marta ko'rildi

Telegram Post

@uzbekdevs
“uzbekdevs.uz” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat manba ko'rsatilishi orqali amalga oshirilishi mumkin.
© UzbekDevs