Uzoq kutilgan “President Tech Award” tanlovi o‘z eshiklarini ochmoqda!

2023 May 02, 15:18 • Asadbek G'aniyev (@asadbekdev)

1-maydan boshlab mamlakatimizning barcha hududlaridan iqtidorli o‘g‘il-qizlar “President Tech Award” nomli eng yirik tanlovda ishtirok etish uchun ariza topshirishlari mumkin!

“President Tech Award” – raqamli texnologiyalar sohasidagi eng ilg‘or startap loyihalarini e’tirof etuvchi tanlov. U maxsus yo‘nalish (“Gran Prix Hackathon”: 72 soat ichida raqamli yechim yaratishni nazarda tutadi) va asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga oladi. U quyidagi toifalarni ko‘zda tutadi:

  • sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalar;
  • ijtimoiy sohadagi raqamli texnologiyalar;
  • axborot va kiberxavfsizlik sohasidagi texnologiyalar;
  • tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar;
  • kompyuter va mobil o‘yinlar.

Ko'proq ma'lumotlar IT-PARK saytida:

https://it-park.uz/uz/itpark/news/uzoq-kutilgan-president-tech-award-tanlovi-o-z-eshiklarini-ochmoqda


606 marta ko'rildi

Telegram Post

@uzbekdevs
“uzbekdevs.uz” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat manba ko'rsatilishi orqali amalga oshirilishi mumkin.
© UzbekDevs