Xalqaro IT-sertifikatlarini olgan 14−30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari sarflangan mablag‘ning 50 foizigacha kompensatsiya olishlari mumkin. Bunda kompensatsiya miqdori sertifikatning darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Kompensatsiya olish uchun arizalarni onlayn tarzda my.gov.uz portali orqali yuborish kerak.
Arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qilish lozim:
- Talabgorning xalqaro IT-sertifikat olish uchun sarf qilgan xarajati to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov kvitansiyasi nusxasi;
- Xalqaro IT-sertifikat nusxasi;
- Qoplanishi zarur bo‘lgan mablag‘lar qaysi hisobvaraqqa yo‘naltirilishi haqidagi ma’lumotlar;
- O‘quv kursini tamomlaganligini tasdiqlovchi hujjatlar.
Eslatma: Arizangiz 17 ish kuni ichida ko'rib chiqiladi.
Kompensatsiya olish uchun sertifikat olgandan boshlab 180 kundan kechiktirmasdan murojaat qilish lozim. Pulni o‘tkazish uchun bank karta raqami, bank tranzit raqami, STIR va bank kodi zarur bo‘ladi. Ariza beruvchi 16 yoshga to‘lmagan bo‘lsa, arizani to‘ldirishda ota-ona/vasiylarning ma’lumotlarini ko‘rsatish lozim.
🔗 my.gov.uz/oz/service/622