.NET freymvorkidan dasturlashning ko'plab sohalarida, masalan — mobil, frontend, backend va boshqalarda foydalaniladi. Odatda, IT kompaniyalarida bu imkoniyatlarning barchasi ishlatiladi va katta dasturchi bo'lish, boshqa dasturchilarni boshqarish uchun ushbu sohalarning hammasidan xabardor bo'lish shart. Shuning uchun, ushbu kurs dasturlash asoslarini tushunadigan, .NET freymvorkining barcha imkoniyatlaridan to'liq foydalana olishni, o'zini IT kompaniyalarida loyiha menejeri, team-lead sifatida ko'rishni istaydigan o'quvchilar uchun ajoyib boshlash bo'ladi. Kursga imtihon asosida qabul qilinadi va kurs so'ngida maxsus sertifikatlar taqdim etiladi. .NET freymvorkida ishlashda c# dasturlash tilidan foydalaniladi. Dastlab, o'quvchilar oldin o'zlari o'rgangan dasturlash tilida mavjud bo'lgan va deyarli barcha tillarda bir xil tamoyil asosida ishlaydigan o'zgaruvchi, string, shart va sikl operatorlari, array, list, queue, stack kabi tushunchalarning c# tilida qanday tadbiq etilishini o'rganadilar, ularni mustahkamlash uchun masalalar ishlaydilar. Kurs davomida quyidagi texnologiyalarni o'rganasiz: C# asoslari
OOP
Asp.Net
Web, WebApi
Rest tamoyili
Api orqali ma'lumot bilan ishlash
Dizayn tamoyillari(SOLID, KISS, YAGNI)
Ma'lumotlar bilan ishlash
Entity Framework Core
Authentication va Authorization
Mvc asoslari
Frontend qurollari
Sayt xavfsizligi
Blazor wasm(eventlar, komponentlar, HttpClient)
Blazor Server
Xamarin
Xaml
Navigation, MVVM
ArcGIS Pro
1 200 000 UZSIT Web Dasturlash
840 000 UZSRobototexnika
400 000 UZSAutoCad va 3Ds Max
1 100 000 UZSPython dasturlash kursi.
2 000 000 UZSAndroid dasturlash
BepulOnline Foundation
500 000 UZS