.Net Bootcamp Backend

payments 2 190 000 UZS

.NET freymvorkidan dasturlashning ko'plab sohalarida, masalan — mobil, frontend, backend va boshqalarda foydalaniladi. Odatda, IT kompaniyalarida bu imkoniyatlarning barchasi ishlatiladi va katta dasturchi bo'lish, boshqa dasturchilarni boshqarish uchun ushbu sohalarning hammasidan xabardor bo'lish shart. Shuning uchun, ushbu kurs dasturlash asoslarini tushunadigan, .NET freymvorkining barcha imkoniyatlaridan to'liq foydalana olishni, o'zini IT kompaniyalarida loyiha menejeri, team-lead sifatida ko'rishni istaydigan o'quvchilar uchun ajoyib boshlash bo'ladi. Kursga imtihon asosida qabul qilinadi va kurs so'ngida maxsus sertifikatlar taqdim etiladi. .NET freymvorkida ishlashda c# dasturlash tilidan foydalaniladi. Dastlab, o'quvchilar oldin o'zlari o'rgangan dasturlash tilida mavjud bo'lgan va deyarli barcha tillarda bir xil tamoyil asosida ishlaydigan o'zgaruvchi, string, shart va sikl operatorlari, array, list, queue, stack kabi tushunchalarning c# tilida qanday tadbiq etilishini o'rganadilar, ularni mustahkamlash uchun masalalar ishlaydilar. Kurs davomida quyidagi texnologiyalarni o'rganasiz: C# asoslari OOP Asp.Net Web, WebApi Rest tamoyili Api orqali ma'lumot bilan ishlash Dizayn tamoyillari(SOLID, KISS, YAGNI) Ma'lumotlar bilan ishlash Entity Framework Core Authentication va Authorization Mvc asoslari Frontend qurollari Sayt xavfsizligi Blazor wasm(eventlar, komponentlar, HttpClient) Blazor Server Xamarin Xaml Navigation, MVVM
share_location Toshkent, Toshkent
cast_for_education An'anaviy

contacts Aloqa

captive_portal ilmhub.uz/ mail [email protected] phone+998 (94) 671-50-60

location_on Mirzo Ulugʻbek, Toshkent shahar

Telegram Post

@uzbekdevs
“uzbekdevs.uz” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat manba ko'rsatilishi orqali amalga oshirilishi mumkin.
© UzbekDevs