Geografik axborot tizimi nima?

2023 Okt 10, 15:11 • Baxtiyor Qahhorov (@baxtiyor_gis)

Geoaxborot tizimi (yoki Geografik axborot tizimlari) rus tilida Геоинформационная система (географическая информационная система, ГИС) hamda ingliz tilida Geographic information system (GIS) deb aytiladi.

Geoaxborot tizimi - geografik ma'lumotlarni to'plash, saqlash, tahrirlash, tahlil qilish va vizualizatsiya qilishga mo'ljallangan tizimdir. Bu tizim geografiyaga asoslangan ma'lumotlarni boshqarishda vaqtni va resurslarni tejashda muhim ahamiyatga ega.

Geoaxborot tizimi geografik ma'lumotlarni xaritalash va vizualizatsiya qilishda ham muhim ahamiyatga ega. Xaritalash usullari va vizualizatsiya, ma'lumotlarni grafiklar, diagrammalar, xaritalar, matnlar va boshqa vizual elementlar yordamida tasvirlashga yordam beradi. Bu tizim geografik ma'lumotlarni tahlil qilish, ulardan foydalanish va ulardan olingan natijalarni sodda va qulay usulda taqdim etishga imkon beradi.

GIS ning birinchi bor qo`llanilishi.

1864 yil Angliyaning London shahrini vabo qamrab olgan edi va odamlar vaboni havo orqali tarqalishiga ishonishar edi.

Biroq bu fikrga qo`shilmagan shifokor Jon Snow London shahridagi yo`llar, kanalar, aholi yashash joylari va epidemiya bo`lgan obyektlarni xaritada tasvirladi. 

Xaritadagi ma`lumotlarni tahlil qilish paytida hayratlanarli kashfiyot qildi. Natijada epidemiya havo orqali emas suv orqali yuqishini isbotladi. 

Jon Snow qilgan fazoviy tahlil natijasi GIS muammolarning hal qilish vositasi ekanligini ko`rsatdi


Geoaxborot tizimlarining asosiy komponentlari quyidagilar:

 - Kompyuter qurilmalari - kompyuter, server, GPS, mobil qurilma va boshqalar.

 - Dasturiy ta`minot - ArcGIS, QGIS, MapInfo va boshqalar.

 - Ma‘lumotlar - GPS va Mobil qurilma ma`lumotlari, geomalumotlar va boshqalar.

 - Tahlil va metodlar - analiz, izlash, filterlash va boshqalar.

 - Inson resurslari - ma’lumot to`plovchi, analitik, ma`lumotlar bazasi mutaxassisi va boshqalar

2501 marta ko'rildi
Baxtiyor Qahhorov - uzbekdevs photo

Baxtiyor Qahhorov

@baxtiyor_gis

Telegram Post

@uzbekdevs
“uzbekdevs.uz” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat manba ko'rsatilishi orqali amalga oshirilishi mumkin.
© UzbekDevs