Tashqi xotira HDD vinchestr.Tuzilishi SSD Disklarning ishlash prinsipi

2022 May 05, 10:08 • Uzbek Developers (@uzbekdevs)

Kompyuter elektr manbaidan uzilgandan so‘ng, tezkor xotira(ОЗУ)dagi barcha ma’lumotlar o‘chib ketadi va kompyuter qayta yuklanganda, o‘chgan ma’lumotlarni qayta tiklab bo‘lmaydi. Shuning uchun ma’lumotlarni saqlashda, elektr energiyasiga bog‘liq bo‘lmagan, ma’lumotlarni saqlash qurilmalaridan foydalaniladi. Bu maqolada shu qurilmalar haqida yozmoqchiman.

Barcha tashqi qurilmalar energiyaga bog‘liq bo‘lmagan holda ma’lumotlani saqlaydi. Hozirgi kunda barcha tashqi xotira qurilmalari quyidagi turlarga bo‘linadi:

Magnitli saqlash qurilmasi.

Optik saqlash qurilmasi.

Elektr saqlash qurilmasi.

Endi har bir turiga qisqacha to‘htab o‘tamiz.

Magnit saqlash qurilmalari kompyuterga o‘rnatiladigan asosiy saqlash vositasi hisoblanadi. Bu turdagi hotira qurilmasining asosi, ya’ni barcha ma’lumotlar magnit asosga ega bo‘lgan materiallarda saqlanadi. Bu turdagi xotiradan, barcha turdagi kompyuterlar(ishchi kompyuterlar, serverlar, portativ kompyuterlar,..) foydalanishadi.

Bu turdagi xotira qurilmasiga quyidagilar kiradi:

— Qattiq disklar(HDD).

— Egiluvchan disklar(floppi disk).

— Magnit lentalar.

Qattiq diskni(vinchester, HDD), kompyuterning asosiy xotirasi deyish mumkin. Bu qurilma kompyuterga bevosita ATA yoki SATA porti orqali ulanadi. Hajmi ham xar hil bo‘ladi(250 Gb, 500 Gb, 1 Tb, 2Tb,..). Hajmi qanchalik katta bo‘lsa, narxi ham shunchalik qimmat hisoblanadi. Undan tashqari ma’lumotlarni o‘qish va yozish tezligi ham narxiga ta’sir qiladi. Bu xotira turiga yana tashqi qattiq disklar ham kiradi. Ular USB port orqali ulanadi va kompyuterdan elektr manbai oladi. Bu turi katta hajmdagi ma’lumotlarni olib yurish uchun ishlatiladi.

Navbatdagi tashqi saqlash qurilmasi bu optik disklar hisoblanadi. Bu disklarga ma’lumotlar lazer nurlari orqali yoziladi va lazer nurlari orqali o‘qiladi. Optik disklarni quyidagi turlari mavjud:

— Faqat o‘qish uchun mo‘ljallangan disklar: CD, DVD.

— Faqat bir marotaba yozish uchun mo‘ljallangan disklar: CD-R, DVD-R.

— Bir necha marotaba yozish uchun mo‘ljallangan disklar: CD-RW, DVD-RW.

CD disklar 700 Mb atrofida, DVD disklar esa 4.7 Gb atrofidagi ma’lumotlarni o‘zida saqlay oladi. Bu optik disklarni o‘qish uchun kompyuterga CD-ROM, DVD-ROMqirilmalari ulanadi. Hozirgi kunda yangi DVD disklari paydo bo‘lgan, bular Blu-ray deb nomlanadi va ular ko‘k rangdagi lazer orqali ma’lumotlarni yozadi(oddiy optik disklarga qizil rangdagi lazer ishlatiladi). Blu-ray disklarning hajmi 25 Gb dan boshlanadi.

TASHQI XOTIRA

Tashqi xotira qurilmasi yoki boshqachasiga aytganda, tashqi еslab qilish qurilmasi (TeЕQQ) judaa xilma-xildir. Ularni bir qator belgilar b’yicha tasniflash mumkin: tashuvchi ko’rinishi bo’yicha, konstrukciya tipi bo’yicha, ma’lumotlarni yozish va o’qish tamoyili bo’yicha, murojaat qilish usuli bo’ycha va h.k.

Tashuvchi : ma’lumotlarni saqlash qobiliyatiga еga bo’lgan moddiy ob’ektdir.

Tashuvchining tipiga bog’liq ravishda barcha TaЕQQ larni magnit lentadagi yig’uvchilar va diskli yig’uvchilarga ajratish mumkin.

Magnit lentadagi yig’uvchilar o’z navbatida, ikki turli bo’ladi: bobinali lentadagi yig’uvchilar va kassetali lentadagi yig’uvchilar (strimerlar). SHK da faqat strimerlar ishlatiladi.

Disklar bevosita murojaat qilinadigan ma’lumotni mashinali tashuvchilarga taalluqlidir. Bevosita murojaat tushunchasi shuni bildiradiki, SHK qidirilaetgan ma’lumot boshlanadigan yoki yangi ma’lumotni yozish lozim bo’lgan yo’lakchaga yozish/o’qish kallagi qaerda joylashishidan qaty nazar bevosita murojaat qilishi mumkin.

Disklardagi yig’uvchilar xilma-xilroqdir: еgiluvchan magnit disklardagi (ЕMDY) yig’uvchilar, boshqachasiga, floppi-disklarda yoki disketalarda; qattiq magnit disklardagi yig’uvchilar (K,MDI) yoki vinchesterlar; almashinadigan qattiq, magnit disklardagi yig’uvchilar, ularda Bernulli еffekti ishlatiladi; floptik disklardagi yig’uvchilar, boshqachasiga floptical-yig’uvchilar; ota yuqori zichlikdagi yozuvli yig’uuvchilor boshqachasiga, VHD-yig’uvchilar; optik kompakg-disklardagi CD ROM (Compact Disk) yig’uvchilar; CC WORM tipidagi (Continnous Composite Write Once Read Many, bir marta yozish-kop marta ohbqish) optik disklardagi yig’uvchilar; magnit optik disklardagi yig’uvchilar (MODY); raqamli videodisklardagi DVD (Digital Versatile Disk) yig’uvchilar va b.

    Izoh. Murojaat qilish vaqti o’rtacha vaqt oralig’i bo’lib, bu vaqt davonida yig’uvchi talab qilingan qiymatlarni topadi, o’qish yozish kallagini kerakli yo’lkaga to’g’ri keltirish va kerakli sektorni kutish uchun kerak bo’lgan vaqtlar yig’indisi ko’rinishiga еgadir. Transfer ketma-ket o’qishdagi qiymatlarni uzatish tezligi. Murojaat qilish turlari: o’qish va yozish (O’/YO), o’qish (O’), o’qish va bir martalik yozish (O’/1YO).

SSD disklar haqida

SSD disk — bu qattiq diskning(накопитель) bir turi bo‘lib, kontroller va mikrosxemalardan tashkil topgan bo‘ladi. Uning ichida HDD ichida joylashgan qandaydir harakat qiluvchi disklar bo‘lmaydi. SSD disklarning 2 turi mavjud bo‘lib, ulardan biri SSD flesh, ikkinchisi SSDRAM deb nomlanadi. Ikkinchi turi dunyodagi eng tez ishlovchi disk hisoblanadi, narxi ham ancha qimmat.

Biz maqolada, qattiq diskning ko‘p tarqalgan turi SSD fleshni ko‘rib chiqamiz. SSD disklarga oddiy fleshkalar deb qarash mumkin, faqat ularning hajmi va o‘lchami kattaroq bo‘ladi.

SSD disklarning afzalliklari:

Mexanik harakatlanuvchi qismlarning yo‘qligi. Shu sababli ular fizik urilishlarga biroz bo‘lsa ham chidamli sanaladi. Tashkil etuvchilari faqat mikrosxemalardir().

Ishlash harorati. Oddiy HDD’ga qaraganda SSD disklarning ishlash harorati yuqori, bu haroratga HDD chiday olmaydi.

O‘qish va yozish tezligining yuqoriligi. Ulanish texnologiyasi SATA III hisoblanadi va bu orqali ma’lumotlarni yozish tezligi 3-6 Gb/s ga yetadi.

Ixchamligi. Hajmi ixcham bo‘lib, og‘irligi ham HDD’ga qaraganda yengildir.

8381 marta ko'rildi
Uzbek Developers - uzbekdevs photo

Uzbek Developers

@uzbekdevs

Telegram Post

@uzbekdevs
“uzbekdevs.uz” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat manba ko'rsatilishi orqali amalga oshirilishi mumkin.
© UzbekDevs