HTML o'zi nima? HTMLning kelib chiqish tarixiga nazar.

2022 Sen 19, 06:38 • Namoz Muhammadkarim (@namozbek)

HyperText Markup Language yoki oddiyroq qilib aytganda HTML bu veb-brauzerda ko'rsatish uchun mo'ljallangan hujjatlar uchun standart belgilash tilidir. Bu til Cascading Style Sheets (CSS) kabi texnologiyalar va JavaScript kabi skript tillari bilan birga qo'llanilinadi. Agarda inson misolida qaraydigan bo'lsak HTMLni inson skeleti deb qarasak bo'ladi, CSSni esa insonning tashqi ko'rinishi (teri, ko'z, soch, qosh va hokazo...) deb olsak bo'ladi va JavaScriptni esa insonning miyyasi, nerv sistemasi va yashashi uchun zarur bo'lgan boshqa barcha organlari sifatida qarasak bo'ladi.

HTML TARIXI:

HTML tili taxminan 1991—1992-yillarda Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Markazida ishlovchi britaniyalik mutaxassis Tim Berners-Lee tomonidan ishlab chiqilgan. Dastlab bu til mutaxassislar uchun hujjat tayyorlash vositasi sifatida yaratilgan. HTML tilining soddaligi (SGMLga nisbatan) va yuqori formatlash imkoniyatlarining mavjudligi uni foydalanuvchilar orasida tez tarqalishiga sabab boʻldi. Bundan tashqari unda hipermatnlardan foydalanish mumkin edi. Tilning rivojlanishi bilan unga qoʻshimcha multimedia (tasvir, tovush, animatsiya va boshqalar) imkoniyatlari qoʻshildi.

SINTAKSIS:

<!DOCTYPE html>
<html>
  <head>
    <title>Bu sarlavha</title>
  </head>
  <body>
    <div>
        <p>Hello world!</p>
    </div>
  </body>
</html>

IMKONIYATLARI:

HTML quyidagi formatlash imkoniyatlariga ega:

  • Matn qismining mantiqiy rolini belgilash (matn sarlavhasi, paragraf, roʻyxat va hokazo).
  • Hipermatnlar yaratish. Bu ayniqsa juda qulay boʻlib oʻzaro bogʻlangan hujjat sahifalari orasida navigatsiya qilishni yengillashtiradi.
  • Matnning rangi, qalinligi va boshqa shrift koʻrsatkichlarini belgilash.
  • Maxsus belgilar qoʻyish. ASCII kodirovkasida koʻrsatilmagan belgilar HTML vositalari bilan qoʻyish mumkin. Masalan grek alfaviti belgilari α,ψ, ζ, matematik belgilar ∫, ∞, √, ½, ¼ , ¾, moliya belgilari €, £, ¥, ©, ®, ™ va hokazolar.
  • Foydalanuvchi kiritishi uchun maydonlar yaratish.
  • Multimedia fayllarini ochish.
  • Boshqa imkoniyatlar...

VERSIYALARI:

1)HTML (1991)- 2)HTML+ (1993)- 3)HTML 2.0 (1995)-

4)HTML 3.2 (1997)- 5)HTML 4.01 (1999)- 6)XHTML (2000)-

7)HTML 5 (2012)-...


4206 marta ko'rildi
Namoz Muhammadkarim - uzbekdevs photo

Namoz Muhammadkarim

@namozbek

Telegram Post

@uzbekdevs
“uzbekdevs.uz” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat manba ko'rsatilishi orqali amalga oshirilishi mumkin.
© UzbekDevs