Kampyuterning grafik muhiti.Videoplatalar turlari

2022 May 05, 10:38 • Uzbek Developers (@uzbekdevs)

Kampyuterning grafik muhiti. Bu grafik tasvirlarni yaratish va ishlov berish uchun mo‘ljallangan dasturlarning juda keng toifasidir (sinfi). Ushbu toifaga rastr muharrirlari, vektor muharrirlari va uch o‘lchamli grafikani (3D-muharrirlari) yaratish va ularga ishlov berish uchun ishlatiladigan dasturiy vositalar kiradi.

Rastr muharrirlari grafik ob’ektlar yoruqlik hamda rang xususiyatlariga ega bo‘lgan rastrni tashkil etuvchi ya’ni nuqtalar kombinatsiyalari shaklida qo‘llanadi. Bunday yondashuv grafik tasvir ko‘plab yarim tonlarga ega bo‘lganida va ob’ektni tashkil qiluvchi elementlar (unsurlar) haqidagi axborot, ularning shakli to‘g‘risidagi xabarlarga qaraganda muhimroq bo‘lgan hollarda samarali bo‘ladi. Bu fotografik va matbaa tasvirlari, ularning retushi (chiziqlari va aksini to‘g‘rilash) uchun fotoeffektlar va badiiy kompozitsiyalar (kallajlar) yaratish uchun qulay.

Rastr muharrirlari bilan yangi tasvirlar yaratish imkoniyatlari cheklangan va har doim ham qulay emas

Vektor muharrirlari rastr muharrirlaridan tasvir haqidagi ma’lumotlarni taqdim qilish usuli bilan ajralib turadi. Vektor tasvirining elementar ob’ekti nuqta emas chiziqdir. Bunday yondashuv chiziqlar shakli, uni tashkil etuvchi ayrim nuqtalarning rangi haqidagi axborotga qaraganda ko‘proq ahamiyatga ega bo‘lgan chizmalar va grafiklar bilan ishlash uchun xos. Vektor muharrirlaridagi har bir chiziqqa uchinchi tartibdagi matematik qiyshiq chiziq sifatida qaraladi va shunga muvofiq u nuqtalarning kombinatsiyasi emas, balki matematik formula sifatida taqdim etiladi (kompyuterda bu formulaning raqamli koeffitsienti saqlanadi). Bunday ifodalash rastr shaklidagiga qaraganda ixcham bo‘lgani bois kamroq joyni egallaydi, ammo istalgan ob’ektning qurilishi ekranda nuqtalarning oddiygina aks ettirilishi bilan bajarilmaydi, balki qiyshiq chiziqning parametrlarini ekran yoki bosma tasvirining koordinatalariga bog‘lab qayta hisoblash kuzatiladi

Videoxotirani Rivojlanish va turlari

Hozirgi vaqtda AGP sloti ona platalarda amalda chiqarilmayapti, AGP standart barcha gʻoyalari tezroq boʻlgan PCI Express tomonidan bozordan siqib chiqarildi. AGP standartning videokartalari kam miqdorda chiqarilmoqda va analogli PCI- E kartdan qimmatroq turadi („oʻtkazma — mikrosxema“ PCI — E AGP qoʻllanilishi uchun).

Grafik ma’lumotlar shinasi – bu videoxotira va grafik protsessor bilan aloqani ta’minlovchi magistral hisoblanadi/

Grafik malumotlar shinasi:

  • 32-bitli.
  • 64- bitli.
  • 128- bitli.
  • 192- bitli.
  • 256- bitli.
  • 320- bitli.
  • 384- bitli.
  • 448- bitli.
  • 512- bitli.
  • 768- bitli.
  • 896- bitli.
  • 1024- bitli.

Ma’limotlar shinasi kengligi, turi va xotira xajmi aloqadorligi katta axamiyat kasb etadi. Masalan: 512 МB DDR2 ma’lumotlar shinasi kengligi 128 bitli 256 МB GDDR3 ma’lumotlar shinasi kengligi 128 bitli ga qaraganda sekin ishlaydi va kam samaradorlikka erishadi.

Videoxotira qurilmasini ulash.

Agar tashqi video-karta ishlataman desangiz uni ulash vaqti keldi. Buning uchun avval, video-karta sloti ro‘parasidagi korpusni orqa tarafidagi temirchani olib tashlanadi.2.Keyin Video-kartani ona platadagi o‘z slotiga (video-kartani turiga qarab, pci-e yoki agp)

joylashtiramiz. shunda video-karta ona plataga to‘g‘ri kirgazilsa, u mahkamlanib qoladi va tovush eshitiladi.

1509 marta ko'rildi
Uzbek Developers - uzbekdevs photo

Uzbek Developers

@uzbekdevs

Telegram Post

@uzbekdevs
“uzbekdevs.uz” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat manba ko'rsatilishi orqali amalga oshirilishi mumkin.
© UzbekDevs