Orzularingiz o‘zingiznikimi?

2023 May 05, 11:28 • Xursand Amir-Temirov (@xursandev)

Dasturlashga endi kirib kelgan dasturchilar HTML va CSS o‘rganib olib, dasturlash oson ekan deydi. JavaScriptga kelib dasturlash qiyin ekan deydi.

Va ko‘pchilik shu joyda qolib ketadi. Faqat dasturlashda emas hamma joyda shunday. Keling sabablarini ko‘rib chiqishimiz kerak.

Kimdir puliga qiziqadi, kimdir boshqalarga o‘qshagisi keladi. Kimdir rostdan ham qiziqadi lekin maktabda matematikani 3 ga o‘qigan bo‘ladi. Yoki shu sohada o‘qituvchi bo‘lib dars bergisi keladi.

Bu insonlar beginnerni o‘zida taslim bo‘lishadi. Nimaga bunday?

Matematikani yaxshi bilmagani uchun algoritm tuzishda qiynalishadi. Aslida pul uchun tanlagan ekanman, man uchun emas ekan deydi. Qiziqish so‘nadi yoki kompyuterini kuchi yetmaydi.

Kimlar keyingi bosqichda o‘tadi. Rostdan ham qiziqishi bor, berilgan vazifalarni vaqtida bajaradigan. Aslida bu narsa u inson uchun qanchalik muhim ekkanligini anglab yetgan inson. Shu soha orqali kelajagini ko‘rgan inson. Va shu sohada tekinga bo‘lsa ham ishlaydigan inson.

Magistraturaga kirish uchun IELTS olaman deb ingliz tilini boshlagan insonlar beginnerni o‘zida qolib ketadi. Maqsad boshqa edi yo‘nalish boshqa.

Biz mehnat qilmasdan birdaniga ega bo‘lishni xohlaymiz. Orada qiyinchilik bo‘ladi va undan o‘ta olamiz lekin ishonmaymiz. Mehnatsiz biron nimaga erishish bu giveawayda qatnashib moshina yutib olaman deganday gap.

Bu hodisalar hardoim bo‘ladi. Ho‘p unda bizga buni nimaga aytyabsiz deb savol berishingiz mumkin. Sababi siz ham o‘sha beginnerlar ichida qolib ketmasligingiz uchun.

521 marta ko'rildi
Xursand Amir-Temirov - uzbekdevs photo

Xursand Amir-Temirov

@xursandev

Telegram Post

@uzbekdevs
“uzbekdevs.uz” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat manba ko'rsatilishi orqali amalga oshirilishi mumkin.
© UzbekDevs