Python dasturlash tilida *, / belgilari qanday vazifalarni bajaradi.

2024 May 17, 12:42 • Khusanboy Sobirjonov (@uzbek_coder_2022)

*, / belgilari nima uchun qo'llanishini to'liq tanishib chiqamiz.

* belgisi qo'llaniladi

1. Ko'paytirish (Multiplication)

natija = 3 * 5 # 15

2. Elementlarning qaytarilishi (Repetition)

satr = 'salom' * 3 # 'salomsalomsalom'
lst = [1, 2] * 3 # [1, 2, 1, 2, 1, 2]

3. *args ko'rinishida foydalanish. Bir necha qiymatlarni listga yig'ib olish yoki qaytarish.

def yigindi(*args):
  return sum(args)

natija = yigindi(1, 2, 3, 4) # 10

sonlar = [1, 2, 3]
natija = yigindi(*nums) # 6

4. ** double ya'ni ikkilangan holatda kelishi ham bor. Bunda:

1-daraja shaklida ishlatish (Exponentiation)

natija = 2**3 # 8

2-kwargs ko'rinishi (Dictionary)

def print_info(**kwargs):
  for key, value in kwargs.items():
    print(f"{key}: {value}")

print_info(ism='Khusanboy', manzil="Farg'ona")

# ism: Khusanboy
# manzil: Farg'ona

dc = {**{'a': 1, 'b': 2}, **{'c': 3}} 
# {'a': 1, 'b': 2, 'c': 3}

5. Funksiyalarda faqat parametr nomi orqali murojaat qilib qiymat berish. (Keyword-only)

def example(*, a, b):
  return a - b
result = example(b=1, a=2)

  * belgisidan keyin keluvchi barcha funksiya parametrlariga faqatgina nomi orqali murojaat etish mumkin.

def example(*, a, b):
  return a - b
result = example(1, 2)

  Bu holat xato hisoblanadi.

/ belgisi qo'llaniladi

1. Kasrli yoki haqiqiy bo'lish amali sifatida ishlatish (True division)

natija = 5 / 2 # 2.5

2. // ikkilangan ko'rinishi. Butun bo'lish sifatida (Floor division)

natija = 5 // 2 # 2

3. Funksiyalarda majburiy parametrlarni belgilash (Positional-only).

  Python 3.8 versiyasidan boshlab, funksiyalarda / belgisi yordamida majburiy parametrlar belgilash mumkin bo'lgan.

def yigindi(a, b, /):
  return a + b

result = yigindi(1, 2) # 3

  Bu holat ishlashi haqida / belgi uchragan joyga qadar barcha parametrlar uchun qiymatlar funksiyaga mos ketma-ketlida yuborilashi kerak bo'ladi. Ya'ni parametr nomini yozib, unga qiymat berish mumkin emas.

def example(a, b, /):
  return a - b
result = example(b=1, a=2)

mana bu kabi ko'rinishda. Bu esa dasturda xatolik keltirib chiqaradi.

  Ma'lumotlarda tushunarsiz bo'lgan qismlar mavjud bo'lsa, fikringizni qoldiring. 

E'tiboringiz uchun raxmat.

422 marta ko'rildi
Khusanboy Sobirjonov - uzbekdevs photo

Khusanboy Sobirjonov

@uzbek_coder_2022

Telegram Post

@uzbekdevs
“uzbekdevs.uz” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat manba ko'rsatilishi orqali amalga oshirilishi mumkin.
© UzbekDevs