Bismillahi Rahmani Rahim, Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. UzbekDevs manga juda yoqadigan loyihalarimdan biri garchi uni daromadli loyiha qilmagan bo'lsamda uning ortida turgan g'oya menga juda katta mativatsiya beradi. Avvalo kimnidir ilimli bo'lishiligiga sababchi bo'lish men uchun juda katta ahamiyat kasb etadi.
UzbekDevs (Uzbek Developers ya'ni "O'zbek Dasturchilar") loyihasini boshlashimda avvalo Alloh va so'ngra Onajonim sababchi bo'lganlar. Men 2008-yilda dadamdan ayrilib qolganman shunday og'ir judalikga qaramay Allohim bergan iroda bilan Onam bizlarni Akam, Singlim va meni hech kimdan kam qilmadilar. Usha vaqtlar hamon esimda Onam menda kompyuter va dasturlashga qiziqishim bo'lganini sezib garchi bir o'zi oila boquvchisi bo'lsada ancha vaqtdan beri asrab kelgan jonliq molimiz sotdilar va menga sharoit yaratib berdilar bu Onam tamonidan meni dasturlash olamiga kirishimga va kelgusidagi yaratilishi mumkin bo'lgan UzbekDevs uchun katta investitsiya va ishonch bo'lgan. Albatta bu kabi sharoit va imkoniyatlar birinchisi bo'lmagan bu men uchun eng katta va birinchilardan turadigan estalik xotiram edi va sizlar bilan bo'lishishni hohlab yozyabman. Usha vaqtlarda eng katta niyatlarimdan bo'lgan kompyuterli ham bo'lgandim alhamdulillah keyinchalik menda dasturlashni o'rganish imkoni bo'lgan edi va men oradan ancha vaqtlar o'tib bir inson oldiga bordim va meni shogirtlikga olishini so'radim usha vaqtlar kurs narxi 600 ming so'm edi buni eshitib ancha o'yga cholib qolgandim axir usha davrda 600 ming so'm ancha qimmat edi va buni ochig'i uydagilarga tulovini aytishga ancha tortindim va borgan insonimga ochig'ini aytdim vaziyatni tushuntirdim va tulovni qila olmasligimni tushuntirdim yaxshi inson ekanlar meni vaziyatimni tushunib men dasturlashga oid materiallar tashlab berdi va endi menda dasturlashni o'rganish uchun ya'na bir imkoniyat paydo bo'ldi birinchi yaratgan dasturim Geometriya uchun multimedia dasturi edi albatta buni ham yaratishimga onam sababchi bo'ldilar sababi Onamni ishini yengillashtirish uchun o'zim uchun esa yangi ko'nikma o'rganishim uchun yaratganman. Haa usha vaqtlar qishlog'imizda ommaviy axborotlar rivojlanmagandi bo'lmasam dastur yaratilganini eshitib qolar edizlar ;) shu-shu vaqtlar o'tdi o'qishga tayyorlanish uchun onam repititorga berdila va men TATU ga topshirdim sharnoma asosida kontrakt ga o'qishga kirdim. Mening oliy ma'lumotli bo'lishimga avvalo Alloh so'ngra onam sababchi bo'ldi. Allohga tavakkal qilib menga ishonch bildirib meni kontrakt asosida o'qishimga zamin yaratib berdi albatta onamga qanchalik qiyin bo'lganini men juda yaxshi bilar edim lekin onam buni menga zarracha bildirmadi. Shuni aytsa kerakda onalar ayog'i ostida jannat deb. Shu zayilda ko'nglimga tuyib quygan edim Onam tamonidan menga qilingan sharoitlar va imkoniyatlar mevasini xalq totishini shu zayilda mening Ota-Onamga va yaqinlarimni Alloh o'z rahmatidan darixt tutmaydi in shaa allah. Hozirda foydalanayotgan uzbekdevs.uz dasturi asosiy sababchi inson bu mening onamdir shu sababchi rasmiy ishga tushgan vaqt ommaga taqdim qilingan vaqt 2022 yil 22 - fevral hisoblanadi bu sanada dasturni rasmiy ommaga taqdim qilganligim sabab 22-fevral da Onajonim to'g'ilganlar. Bu dasturni asoschisi deb Onam G'ofurova Zarifa Xidirboyevna deb ayta olaman.
- Rahmat ONAJONIM