Buxoro viloyatining cho'l yaylov yerlarining 2016-2023 yillar NDVI ko'rsatgichlar monitoringi

2024 Mar 13, 13:38 • Xasanboy Bag'bekov (@bagbekov)

O‘simliklarni masofadan zondlash kun sari rivojlanib bormoqda, bunda albatta so’nggi texnologiya va dasturlarning roli beqiyosdir. Fazoviy ma’lumotlarning aniqlik darajasi ortib borishi va ma’lumotlarning yangilanish davri tezkorligi rivojlanib yillar sayin takomillashib bormoqda. Sun’iy yo’ldoshdan olinadigan suratlar masofadan zondlashda katta rol o’ynaydi. O‘simliklarning vegetatsiya davrini masofadan zondlashda dunyoda keng qo’llanilayotdan Google Earth Engine, MODIS, Landsat 7-8 va Sentinel-2 sun’iy kosmik yo’ldoshlarning bugungi kundagi vazifasi yer yuzasidan har 15-20 kun oralig’ida yerdagi mavjud ekotizimni va atmosferadagi o’zgarishlar to’g’risidagi ma’lumotlarni aniq va tezkor tarzda yetkazib berishi va ularni ArcGIS Pro, QGIS yoki ENVI dasturlar yana shunga o’xshash bir qancha geografik axborot tizimi oilasiga mansub dasturlar orqali yer usti va atmosferadagi o’zgarishlarni matematik formula va fazoviy ma’lumotlarni qayta ishlash orqali hozirgi kunda dolzarb bo’lib borayotgan suv muammolari, sho’rlanish, o’simlarning zararlanishi, atmosferadagi havoning ifloslanishi va okean va dengizdagi suvlarning qurib borishi, qishloq xo‘jaligi, ekologiya, suv xo’jaligi sohalarida har yillik tadqiqot va izlanishlarda masofadan zondlash ishimizni kattaroq hajmda va aniq ma’lumotlarga tayangan holda olib borish, kelajakda vujudga kelishi bashorat qilinadigan muommalarga yechim izlash va istiqbolli loyihalar yaratishimizda fazoviy ma’lumotlarning roli juda muhim. 

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan ilmiy va amaliy izlanishlar, yangiliklar toboro ko’payib boryapdi va mamlakatimiz oziq ovqat xavfsizligi va zaxirasini ta’minlashda yangi ilmiy tajribalar va yangiliklar qilib borayotgan yosh olimlar dexqon va fermerlarning roli katta albatta. O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasida albatta chorvachilik xo‘jaliklarning yurtimizni go‘sht, sut mahsulotlarga bo’lgan talabini qondirish maqsadida chorcha mollar qo’y va echkilarning soni yillar sayin ortib boryapdi. Mamlakatimizning umimiy yer maydoni 44 mln 896 ming gektar deb olsak shundan 21 mln 110 ming gektar yer maydoni yaylov yerlar hisobiga to’g’ri keladi.

Yillar sayin dunyoda yong’irgarchilik mavsumi va miqdori kamayib, haroratning yillar sayin oshib borishiga, qurg’oqchilik va suv muammosini ortib borishi sabab yaylov yerlarimizda cho’llanish va degradatsiya uchragan maydonlar ko’paymoqda.

Google earth engine da JavaScript dasturlash tilidan foydalanib, Buxoro viloyatining cho'l yaylov yerlarining 2016 yildan 2024 yilgacha bo'lgan davrdagi NDVI ko'rsatgichlarini ishlab chiqildi va bunda asosan Sentinel 2 kosmik suratlarning Band 8 va Band 4 suratlaridan foydalangan xolda quyidagi NDVI = (NIR – Red) / (NIR + Red)matematik metdokga tayangan holda yaratildi.

Google earth engine da NDVI ko'rsatgichini quyidagi kodlarni yozish orqali aniqlash mumkin:

var S2 = ee.ImageCollection("COPERNICUS/S2_SR")
.filterDate('2019-01-01', '2019-01-31')
.filterBounds(AOI)
.median();
print(S2);

//COMPUTE NDVI
var NIR = S2.select('B8');
var RED = S2.select('B4');

var ndvi = NIR.subtract(RED).divide(NIR.add(RED)).rename('NDVI');
var NDVI = ndvi.clip(AOI)

var ndviparam = {min : -1, max:1, palette : ['Blue', 'yellow', 'green']};
Map.addLayer(NDVI, ndviparam, 'NDVI');

Misol uchun Buxoro viloyati yaylov yer maydonlaridagi o’simlikning va suv havzalarining 2016 yildan 2023 yilgacha bo’lgan NDVI, NDWI ko’rsatgichlari so’nggi 8 yil monitoring tadqiqotlariga axamiyat qaratadigan bo’lsak hududdagi holat yil sayin yomonlashayotganini ko’rishimiz mumkin (1-rasm).

1-rasm: Buxoro viloyatining 2016 yil mart oyining NDVI va NDWI ko’rsatgichlari monitoring.

2016 yil yaylov yer maydonlarining -1 dan +1 gacha NDVI ko’rsatgichi bo’yicha 0,11 ko’rsatgichni, NDWI ko’rsatgichi bo’yicha 0,32 ni beryapdi.

2-rasm: Buxoro viloyatining 2019 yil mart oyining NDVI va NDWI ko’rsatgichlari monitoring.

2019 yil yaylov yer maydonlarining -1 dan +1 gacha NDVI ko’rsatgichi bo’yicha 0,12 ko’rsatgichni, NDWI ko’rsatgichi bo’yicha 0,27 ni beryapdi.

3-rasm: Buxoro viloyatining 2023 yil mart oyining NDVI va NDWI ko’rsatgichlari monitoring.

2023 yil yaylov yer maydonlarining -1 dan +1 gacha NDVI ko’rsatgichi bo’yicha 0,19 ko’rsatgichni, NDWI ko’rsatgichi bo’yicha 0,12 ni beryapdi.

Bundan kelib chiqib yaylov vegetatsiyasining boshlang’ich mart oylarida yaylov yer maydonlaridagi o’simliklar vegetatsiyasi 2016 yilda 0,11 , 2019 yilda 0,12 , 2023 yilda 0,19 ko’rsatkichni beryapdi. So’nggi 8 yilda havo haroratining oshishi erta boshlanyapdi va bu suv havzalariga salbiy ta’sir qilyapdi. Tabiiy va sun’iy ko’llar, kanal va suv omborlarida 2016 yildan 2023 yilgacha NDWI ko’rsatgichlari bo’yicha 2016 yilda 0,32 , 2019 yilda 0,27 , 2023 yilda 0,12 ko’rsatgichlar shuni aniq ilmiy xulosa qilish mumkinki, 8 yillik davr mobaynida atmosferadagi yong’ingarchilikning yillik miqdori kamayib, yog’ingarchi kunlar kamayib o’simlikning suvga bo’lgan muammosi ortyapdi. Yillik yog’ingarchiliklarning miqdori kamayib borishini tahlil qilgan holda yaylov yerlarimizdan foydalanishda zamonaviy va yangicha texnologiyalar asosida foydalanishimizni taqozo qiladi. Chorva hayvonlarni ozuqa bazasini shakllantirish va aholimizning go’sht va sut maxsulotlarga bo’lgan talabini va ichki bozorni o’ylagan holda yaylov yerlarimizdan oqilona va samarali foydalanish bo’yicha ilmiy amaliy istiqbolli rejalar loyihalar ishlab chiqishimiz zarur.


432 marta ko'rildi
Xasanboy Bag'bekov - uzbekdevs photo

Xasanboy Bag'bekov

@bagbekov

Telegram Post

@uzbekdevs
“uzbekdevs.uz” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat manba ko'rsatilishi orqali amalga oshirilishi mumkin.
© UzbekDevs