Dasturni testlash dasturiy taʼminotni belgilangan talablarga mos yoki mos emasligini aniqlash hamda dasturdagi xatoliklarni topish usulidir. Dasturni yozish davomida, dastur hayot siklining biror fazada xatolik yuz berishini bilish zarur. Shuning uchun Quality Assurance - Sifat kafolati degan sohani inkor qilib bo’lmaydi.
Yakuniy kodda funksionallik yoki dizayn bo’yicha xatolik bo’lishi ehtimoli juda katta bo’ladi. Kritik holatlar yuz berishidan oldin muammolarini aniqlash uchun dasturning testlanishi yuqori talab hisoblanadi.
Quyida Software Testing’ning asosiy ustunliklarini sanab o’tamiz:
Pulni tejaydi
Katta dasturlarning ish jarayonida juda katta miqdorda pul aylanadi. Hayot siklda biror xatolik chiqishi kompaniya uchun juda qimmatga tushishi mumkin. Xatoliklarni vaqtida aniqlash natijasida kelajakdagi ortiqcha pul sarflarining oldi olinadi.
Xavfsizlik
Dasturning xavfsizligi eng muhim nuqtalardan hisoblanadi, chunki dasturda kompaniyaning maxfiy ma’lumotlari mavjud bo’ladi. Agar xavfsizlik testlanmasa, bu keyinchalik og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Sifat
Bugungi zamonda kompaniyalar, xizmatlar va dasturlar ko’pligi raqobatni qiyinlashtiradi. Shunday vaziyatda foydalanuvchilar tanlovi sifatli xizmat va dasturlarga qaratiladi. Sifatli dastur yaratishda testlashning ahamiyati juda katta.
Dasturni ishlab chiqish jarayonini tezlashtiradi
Software Tester(Dasturni testlovchi)lar ish jarayonini dasturni testlab borishadi va agar birorta kamchilik topishsa, o’z vaqtida dasturchilarni ogohlantirishadi. Bu esa ishni ancha osonlashtiradi.
Yangi xususiyatlarni qo’shish oson bo’ladi
Agar dastur davomiy testlab borilsa, unga yangi xususiyatlarni qo'shishda qiyinchiliklar yuzaga kelmaydi.
Dasturning ish samaradorligini kuzatib borish mumkin.
Dasturning testlanishi davomida uning talablarga yarasha qanday ishlayotgani ma'lum bo'ladi.