— matnni qalin (bold) qiladigan teg. U so’z yoki iborani vizual jihatdan ajratib ko’rsatish uchun ishlatiladi. Biroq  ning muhim xususiyati bor: u faqat ko’rinishni o’zgartiradi, matnga qo’shimcha ma’no bermaydi.
(bold) — matnni qalin shriftda ko’rsatadigan teg. U vizual urg’u beradi, ammo semantik (ma’noviy) ahamiyatga ega emas.
Oddiy foydalanish
orasidagi matn qalin ko’rinadi:

Bu oddiy matn, bu esa qalin matn.

Master Sherkulov — UzbekDevs asoschisi.

Bu oddiy matn, bu esa qalin matn.
Master Sherkulov — UzbekDevs asoschisi.
va  orasidagi matn qalin bo’lib ajralib turadi. U kalit so’zlarni yoki nomlarni ko’zga tashlanadigan qilishda ishlatiladi.
va  farqi
Bu — HTML’dagi eng muhim nozikliklardan biri. Ikkovi ham matnni qalin qiladi, ammo ma’nosi har xil:
| Teg | Ko’rinishi | Ma’nosi |

qalin | faqat vizual, ma’nosiz |

qalin | muhimlik, urg’u (semantik) |
matnning muhimligini bildiradi (ekran o’quvchilar uni urg’u bilan o’qiydi),  esa shunchaki ko’rinish uchun. Ogohlantirish yoki muhim so’z uchun , oddiy vizual ajratish uchun  ishlating.
Amaliy solishtirish
Ikki tegni birga ko’ramiz:

Diqqat: bu shunchaki qalin.

Ogohlantirish: bu muhim ma'lumot.

Diqqat: bu shunchaki qalin.
Ogohlantirish: bu muhim ma'lumot.
Ikkovi bir xil ko’rinsa-da,  qidiruv tizimlari va yordamchi texnologiyalar uchun “bu muhim” degan qo’shimcha ma’no beradi.
Qachon  ishlatiladi?
Zamonaviy amaliyotda vizual qalinlik uchun ko’pincha CSS ishlatiladi. Biroq  hali ham o’rinli: kalit so’zlar, mahsulot nomlari yoki maqola boshidagi kirish so’zlarini ma’no bermasdan ajratishda. Agar matn haqiqatan muhim bo’lsa — ; shunchaki ko’zga tashlansin desangiz — .
Xulosa
Bu bo’limda  tegini, uni qalin matn uchun ishlatishni va eng muhimi —  dan semantik farqini ko’rib chiqdik.  — vizual,  — ma’noviy. Keyingi darsda
tegiga o’tamiz.