Darsliklar HTML

HTML HTML

— mustaqil, o’zicha to’liq ma’noga ega kontent bo’lagini belgilaydigan semantik teg. Blog maqolasi, yangilik, forum posti yoki mahsulot kartochkasi — o’z-o’zidan tushunarli, boshqa sahifaga ko’chirsa ham ma’nosini yo’qotmaydigan kontent aynan shu tegga o’raladi.

mustaqil, qayta ishlatsa bo’ladigan kontent bo’lagini ifodalaydigan semantik teg. U o’zicha to’liq bir butun bo’lishi kerak.

Oddiy foydalanish

mustaqil kontentni o’z ichiga oladi:

HTML nima?

HTML veb-sahifalar tuzilishini belgilaydigan tildir.

Muallif: Master Sherkulov

HTML nima?
HTML veb-sahifalar tuzilishini belgilaydigan tildir.
Muallif: Master Sherkulov

Ichidagi kontent — sarlavha va matn — bir butun maqolani tashkil qiladi. Bu maqolani boshqa sahifaga ko’chirsangiz ham, u mazmunini saqlaydi.

Bir necha article

Bitta sahifada ko’p mustaqil bo’lak bo’lsa, har biri alohida
ga o’raladi:

Birinchi maqola

UzbekDevs haqida.

Ikkinchi maqola

Dasturlash haqida.

Birinchi maqola
UzbekDevs haqida.
Ikkinchi maqola
Dasturlash haqida.

Blog yoki yangiliklar sahifasida har bir yozuv o’z
ida bo’ladi. Bu tuzilma qidiruv tizimlariga har bir maqolani alohida birlik sifatida tushunish imkonini beradi.

article va div farqi

Ko’pchilik
va oddiy
ni chalkashtiradi. Farqni jadvalda ko’ramiz:

Teg Ma’nosi Qachon

mustaqil kontent maqola, post, yangilik

ma’nosiz konteyner shunchaki guruhlash uchun

mazmunga ega,
esa neytral. To’g’ri semantik tegni tanlash kodni mazmunli qiladi.

Qayerda ishlatiladi?

blog postlari, yangiliklar, sharhlar, forum yozuvlari va mahsulot kartochkalarida ishlatiladi. Asosiy mezon: agar kontent bo’lagini olib, boshqa joyga qo’yganda ham u o’zicha tushunarli bo’lsa — bu
. Aks holda
yoki
mos keladi.

Xulosa

Bu bo’limda
semantik tegini, mustaqil kontent tushunchasini, bir necha
ishlatishni va uning
dan farqini ko’rib chiqdik.
— o’zicha to’liq kontent uchun to’g’ri tanlov. Keyingi darsda
tegiga o’tamiz.