Ma’lumot turlari — Dart’ning poydevoridagi eng muhim tushunchalardan biri. Dart statik tipizatsiyalangan til: har bir qiymat aniq turga ega. Tur qiymatning tabiatini va u ustida qanday amallar bajarilishini belgilaydi. Dart’da hamma narsa, hatto sonlar ham, aslida obyektdir.
Ma’lumot turi — qiymatning tabiatini belgilaydigan tasnif. Dart’ning asosiy turlari: int, double, String, bool, List, Map, Set.
Asosiy turlar
Dart’ning eng ko’p ishlatiladigan turlarini jadvalda ko’ramiz:
| Tur | Nima saqlaydi | Misol |
|---|---|---|
int |
butun son | 26 |
double |
kasr son | 3.14 |
num |
int yoki double | 26 yoki 3.14 |
String |
matn | "UzbekDevs" |
bool |
rost/yolg’on | true |
List |
ro’yxat | [1, 2, 3] |
Map |
kalit-qiymat | {"a": 1} |
Turlarni amalda ko’rish
Har bir turni e’lon qilib, natijasini kuzatamiz:
void main() {
int yosh = 26;
double narx = 15000.75;
String ism = "Master Sherkulov";
bool faol = true;
print("$ism, $yosh yosh");
print("Narx: $narx, faol: $faol");
}
Master Sherkulov, 26 yosh
Narx: 15000.75, faol: true
Har bir tur o’z qiymatini saqladi. Dart’da bool ekranga kichik harf bilan true/false chiqadi.
num — int va double ning otasi
Dart’da num — int va double ni qamrab oluvchi umumiy tur. U ikkovini ham qabul qiladi:
void main() {
num a = 26; // int
num b = 3.14; // double
print(a + b);
}
29.14
num sonli qiymat butun yoki kasr bo’lishidan qat’i nazar ishlaydi. Bu, masalan, funksiya har ikki turni qabul qilishi kerak bo’lganda foydali.
Turni aniqlash — runtimeType
Har qanday qiymatning turini runtimeType xususiyati ko’rsatadi:
void main() {
var son = 42;
var matn = "UzbekDevs";
print(son.runtimeType);
print(matn.runtimeType);
}
int
String
runtimeType qiymatning haqiqiy turini qaytardi. Bu xatolarni izlaganda va tur bilan ishlaganda foydali.
Xulosa
Bu bo’limda Dart’ning asosiy turlarini (int, double, String, bool, List, Map), num umumiy turini va runtimeType bilan turni aniqlashni ko’rib chiqdik. Tur — qiymatning pasporti. Keyingi darsda izohlarga o’tamiz.