Darsliklar Dart Satr ustida amallar

Dart Dart Satr ustida amallar

Satr ustida amallar — matnni qayta ishlash uchun Dart beradigan boy metodlar to’plami. Matnni katta harfga o’girish, bo’lakka ajratish, qidirish, almashtirish — bularning bari tayyor metodlar orqali bir qatorda bajariladi. Ular matn bilan ishlashni ancha osonlashtiradi.

String metodisatr obyektiga tegishli, matn ustida amal bajaradigan funksiya. Dart’da satrlar o’zgarmas bo’lgani uchun metodlar yangi satr qaytaradi.

Eng ko’p ishlatiladigan metodlar

Asosiy satr metodlarini jadvalda ko’ramiz:

Metod Vazifasi
toUpperCase() katta harfga
toLowerCase() kichik harfga
trim() chetdagi probelni oladi
substring(a, b) qism satrni ajratadi
replaceAll() almashtiradi
split() ro’yxatga ajratadi
contains() ichida bor-yo’qligini tekshiradi

Registr va tozalash

Matnni katta/kichik harfga o’girish va ortiqcha probellarni tozalash — eng ko’p uchraydigan amallar:

void main() {
  String matn = "  Salom, UzbekDevs  ";
  print(matn.toUpperCase());
  print(matn.trim());
  print(matn.trim().length);
}
  SALOM, UZBEKDEVS  
Salom, UzbekDevs
15

toUpperCase hamma harfni kattaga o’girdi, trim chetdagi probellarni oldi. Metodlarni zanjirlab (trim().length) chaqirish mumkin.

Qidirish va almashtirish

Matn ichidan so’z topish va almashtirish uchun contains va replaceAll ishlatiladi:

void main() {
  String matn = "Salom, Farrux";
  print(matn.contains("Farrux"));
  print(matn.replaceAll("Farrux", "Master Sherkulov"));
}
true
Salom, Master Sherkulov

contains so’z bor-yo’qligini tekshirdi, replaceAll esa uni yangi matn bilan almashtirdi. Diqqat: replaceAll asl satrni o’zgartirmaydi, yangi satr qaytaradi.

Bo’laklarga ajratish — split

split metodi satrni berilgan belgi bo’yicha ro’yxatga (List) ajratadi:

void main() {
  String royxat = "telefon,noutbuk,smart soat";
  List<String> massiv = royxat.split(",");
  print(massiv);
  print(massiv[1]);
}
[telefon, noutbuk, smart soat]
noutbuk

split(",") matnni vergul bo’yicha uch elementli ro’yxatga ajratdi. Bu ma’lumotni qayta ishlashda juda foydali.

Qism satr — substring

substring(boshi, oxiri) satrning bir bo’lagini ajratadi:

void main() {
  String matn = "UzbekDevs";
  print(matn.substring(0, 5));
  print(matn.substring(5));
}
Uzbek
Devs

Xulosa

Bu bo’limda satr metodlarini — toUpperCase, trim, contains, replaceAll, split, substring — ko’rib chiqdik. Bu metodlar matnni qayta ishlashni bir qatorda bajaradi. Keyingi darsda funksiyalarga o’tamiz.