O‘tish operatorlari. Kotlin dasturlash tilida o‘tish operatorlari ikki xil bo‘ladi: shartli va shartsiz.
Shartsiz o‘tish operatorlari
Shartsiz o‘tish operatorlari ikki xil usulda qo‘llanilishi mumkin. 1–funksiyani chaqirish yo‘li bilan. Bunda dastur davomida komplyator funksiya nomlarini tekshirib boradi, agar shunday funksiya topilsa, dastur o‘z ishini shu yerda to‘xtatib funksiyaning ishga tushishini amalga oshiradi. Funksiya o‘z amallarini bajarib bo‘lganidan so‘ng, komplyator dasturni bajarilishini funksiya nomidan so‘ng turgan instrusiyaga o‘tkazadi. Shartsiz o‘tishning ikkinchi usuli: break, return kalit so‘zlari yordamida bajarish mumkin. Ushbu kalit so‘zlar haqida quyida aytib o‘tamiz.
Break
Takrorlanish operatorlarining bajarilishida shunday holatlar bo‘lishi mumkinki,unda qaysidir qadamda takrorlanishni yakuniga yetkazmasdan chiqish "uzish" zaruriyati bo‘lishi mumkin.
Continue operatori
Bu operator ham xuddi break operatoridek takrorlash operatori tanasini bajarishni to‘xtatadi, lekin takrorlashdan chiqib ketmasdan keyingi qadamiga “sakrab” o‘tishni tayinlaydi.
Oldingi darslarda o’tilgan operatorlar shartli operatorlari edi.
fun main() {
var i = 0
while (i < 10) {
println(i)
i++
if (i == 4) {
break
}
}
}
//Dastur natijasi:
// 0
// 1
// 2
// 3
Yuqoridagi kod i aynan 4 ga teng bo’lganda holda dasturni ishlashni to’xtatadi.
fun main{
var i = 0
while (i < 10) {
if (i == 4) {
i++
continue
}
println(i)
i++
}
}
/*Dastur natijasi:
0
1
2
3
5
6
7
8
9*/
Bu kodda esa i aynan 4 ga teng bo’lganda dastur to’xtamaydi.Shunchaki 4 ni tashlab ketadi