let — zamonaviy JavaScript’da o’zgaruvchan qiymat e’lon qilishning asosiy usuli. U eski var ning kamchiliklarini bartaraf etadi va o’zgaruvchining ko’lamini (scope) aniq boshqaradi. Aynan shu sabab bugungi kunda o’zgaruvchan qiymat uchun deyarli har doim let ishlatiladi.
let — blok ko’lamiga (block scope) ega o’zgaruvchi e’lon qiluvchi kalit so’z. U e’lon qilingan
{ }blok ichidagina amal qiladi.
Oddiy let
let bilan o’zgaruvchi e’lon qilib, qiymatini keyin o’zgartirish mumkin:
let hisob = 100;
hisob = hisob + 50;
console.log(hisob);
150
Blok ko’lami (block scope)
let ning eng muhim xususiyati — u faqat o’zi e’lon qilingan blok ({ }) ichida yashaydi. Blokdan tashqarida u mavjud emas:
let x = 10;
if (true) {
let y = 20;
console.log(x + y); // ikkalasi ham ko'rinadi
}
console.log(x); // faqat x ko'rinadi
30
10
Blok ichida yaratilgan y faqat o’sha if bloki ichida ishlaydi. Blokdan tashqarida unga murojaat qilsangiz, xato yuzaga keladi. Bu chegaralash kodni xavfsiz va tushunarli qiladi.
var va let farqi
let nima uchun var dan afzalligini jadvalda ko’ramiz:
| Xususiyat | var |
let |
|---|---|---|
| Ko’lam | funksiya | blok |
| Qayta e’lon qilish | mumkin | mumkin emas |
| E’londan oldin ishlatish | undefined |
xato beradi |
let qayta e’lon qilishni taqiqlaydi — bu tasodifiy xatolarning oldini oladi:
let ism = "Farrux";
ism = "Master Sherkulov"; // qiymatni o'zgartirish — mumkin
console.log(ism);
Master Sherkulov
Qiymatni o’zgartirish mumkin, ammo let ism ni ikki marta e’lon qilib bo’lmaydi — bu var da mumkin edi va ko’p xatolarga sabab bo’lardi.
Siklda let
let ayniqsa sikllarda foydali — har takrorda alohida nusxa yaratadi:
for (let i = 1; i <= 3; i++) {
console.log("Qadam: " + i);
}
Qadam: 1
Qadam: 2
Qadam: 3
Bu yerda i faqat sikl ichida yashaydi va har takror uchun to’g’ri qiymatga ega bo’ladi. Sikl tugagach, i yo’qoladi.
Xulosa
Bu bo’limda let bilan o’zgaruvchi e’lon qilish, blok ko’lami tushunchasi, var dan afzalligi va sikldagi ishlatilishini ko’rib chiqdik. let — o’zgaruvchan qiymat uchun zamonaviy standart. Keyingi darsda o’zgarmas qiymatlar — const ga o’tamiz.